ARABI OT

ARABI OT — salt miniladigan qadimiy ot zoti; xalq seleksiyasi yoʻli b-n Arabiston ya. o. da milodiy 1-ming yillikda chiqarilgan. Turkman, Eron va Misr saxro otlari bilan urchitish natijasida takomillasha borgan. U choʻl sharoitiga yaxshi moslashgan, ochlik va suvsizlikka chidamli, uzoq, masofaga yaxshi yuguradi (poygada 1000 m masofani 1 min. 8,0 sek. da bosib oʻtadi). Arabi ot juda chiroyli, tusi boʻz, toʻriq, sherozi (kulrang) yoki jigarrang. Bu zotning dunyodagi ot zotlarini yetishtirishda va takomillashtirishda juda katta ishtiroki bor. A. o. ning qarchigʻayigacha bal. 150 sm, koʻkrak qafasining aylanasi 175 sm, toʻpigʻi aylanasi 18,5 — 19,5 sm. Arabi ot Karpat, Kavkaz, Oʻrta Osiyodagi togʻ va togʻ oldi mintaqalarida mahalliy ot zotlarini yaxshilashda, ot sporti va sirk tomoshalarida foydalaniladi. Arabi otning nasldor aygʻirlari Stavropol oʻlkasidagi Terek ot z-dida urchitiladi. Arabi ot, shuningdek Hindiston, Misr, Turkiya, Fransiya, Ispaniya, GFR, AQSH, Polsha va b. mamlakatlarda boqiladi va koʻpaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x