ANGISHVONAGUL

ANGISHVONAGUL, oʻymoqgul (Digitalis) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevropa va Osiyoda 25 ga yaqin turi bor. Barchasi zaharli. Angishvonagulning poyasi tikka (uz. 40 — 150 sm), barglari ketma-ket joylashgan, barg cheti arrasimon, baʼzi turlarida tekis. Barglar poyaning ostidan uchiga tomon maydalashib boradi. Gullari shingil toʻpgulga yigʻilgan, gultoji qoʻngʻiroq yoki angishvonaga oʻxshash; oʻsimlik nomi ham shundan olingan. Qizil A. va sariq A. ning bargidan purpurea A, purpurea V, digitoksin, gitoksin va yurak kasalliklariga qarshi ishlatiladigan boshqa glyukozidlar olinadi. Angishvonagulning boshqa turlaridan olingan preparatlar (mas, abitsin) ham shu kabi kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Angishvonagulning baʼzi xillari Oʻzbekistonda xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x