ANDIJON TILLAR PEDAGOGIKA INSTITUTI

ANDIJON TILLAR PEDAGOGIKA INSTITUTI, Choʻlpon nomidagi Andijon davlat pedagogika instituti — filolog pedagog-mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurti. Andijon sh. da. Choʻlponning 100-yilligi munosabati bilan 1997-y. da in-tga uning nomi berildi. Andijon pedagogika inti rus tili va adabiyoti hamda chet tillar f-ti asosida 1966-y. tashkil etilgan. In-tda 3 ta — ingliz tili, roman-german tillari, tillar f-ti va 16 kafedra bor. Bundan tashqari zamonaviy axborot markazi, 3 kompyuter sinfi, 2 lab., 250 mingdan ziyod kitob jamgʻarmasiga ega kutubxona, 200 oʻrinli qiroatxona. 16 fan kabinetlari, sport zali, suzish havzasi mavjud. 1999/2000 oʻquv yilida 1345 talaba tahsil oldi; 205 oʻqituvchi (shu jumladan, 6 fan d-ri, 49 fan nomzodi) ishladi. In-t tarkibida 200 oʻquvchiga ega boʻlgan litsey, maktabgacha tarbiya muassasalari uchun ingliz tili boʻyicha murabbiy-treyneri hamda tarjimon mutaxassisligi beruvchi ikki yillik pedagogik kasb kurslari faoliyat koʻrsatadi (2000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x