ANALITIK TUR

ANALITIK TUR — mahalliy ahamiyatga molik geodezik toʻr. Katta masshtabli syomka oʻtkazish va muhandislikgeodezik ishlarni taʼminlash maqsadida davlat geodezik toʻrini hosil qiluvchi punktlar asosida triangulyatsiya va trilateratsiya usullari yordamida Analitik tur hosil qilinadi. Birinchi razryadli Analitik turlar 1—4sinflarga oid, to-monlari 2—5 km li geodezik toʻr asosida, oʻlchash xatosi t=4» gacha mos boʻlgan siljish (koʻchish) b-n oʻlchash asosida, ikkinchi razryadlisi tomonlari 0,5—3 km li va t=10» gacha mos boʻlgan siljish bilan tuziladi. Agar davlat geodezik toʻri boʻlmasa, mustaqil birinchi (masshtabi 1:500 da, maydoni 500 km2dan katta boʻlmagan) va ikkinchi (M 1:2000, maydoni 100 km2dan kichik) razryadli Analitik tur tuziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x