ANAKONDALAR

ANAKONDALAR (Eunectus) — boʻgʻma ilonlar urugʻi. Hoz. ilonlarning eng yirigi — uz. 10 m gacha (qayd qilingan uz. 11,43 m). Sargʻish-kulrang tanasi orqa tomondan 2 qator yirik doira shaklidagi qoʻngʻir, yon tomonlardan bir necha qator mayda oqish dogʻlar bilan qoplangan. 3 turi tropik. Jan. Amerikaning daryo, koʻl va botqoqliklarida tarqalgan. Oddiy Anakondalar (Ye. murinus) kuproq uchraydi. Anakondalar suvda yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi, suv tubida uzoq, tura oladi. Suv ostida burun teshiklari klapanlar bilan bekiladi. Anakondalar har xil mayda umurtqalilar (kemiruvchilar, tuyoqlilar, toshbaqalar, qushlar, yosh timsohlar), baʼzan uy hayvonlari b-n oziqlanadi, kamdan-kam odamga hujum qiladi. Qurgʻoqchilik mavsumida balchiqqa koʻmilib karaxt boʻlib oladi. Tuxumdan tirik tugʻish (baʼzan tuxum qoʻyish) orqali koʻpayadi. 28 dan 42 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumlardan darhol yosh ilonlar chiqib, suvga tushib ketadi. Anakondalar tutqinlikda 28 yilgacha (oʻrta hisobda 5—6 yil) yashaydi. Terisi, goʻshti va yogʻi uchun ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x