AMIR TOʻRA MADRASASI

AMIR TOʻRA MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1870). Ichan qalʼaning shim. qismida joylashgan. Muhammad Rahimxon II ning akasi Amir Toʻra qurdirgan. Chortoq tarhli (52,6×36,7 m), peshtogʻi mahobatli, ikki yon tomonida qoʻshqavatli uch juft hujra bor. Toʻrt burchagidagi guldasta-minoralar parchin belbogʻli, mavj usulida bezatilgan. Masjid va darsxonaning tuzilishi bir xil. Masjid jan. dagi ayvon gumbaz tomli, gumbaz osti toqilari olti qirrali, unga uch qator muqarnas ishlangan. Hovli (30,7×19,35 m)ning ikki yon tomoniga bir qavatli, oldi ravoqli koʻndalang hujralar ishlangan. Hovli burchaklaridagi hujralarga dahlizdan kiriladi. Hujralar balxi gumbazli, darchalariga panjaralar oʻrnatilgan. Uch gumbazli miyonsaroyning ikki yon tomonida darsxona bor. Amir Toʻra Madrasasi 1970-y. da taʼmirlangan, bosh tarzi oldiga savdo rastasi joylashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x