AMINOQANDLAR

AMINOQANDLAR, aminodezoksiqandlar — molekulasidagi bir yoki bir necha gidroksil guruhlar (aldozalardagi yarimatsetil yoki ketozalardagi yarimketaldan tashqari) oʻrniga almashingan yoki almashinmagan aminoguruhlar kiritilgan monosaxaridlar. A. qaytaruvchilar boʻlib, qandlarga xos reaksiyalarga kirishadi, lekin asoslar xossalarini namoyon qiladi. Ular tabiatda keng tarqalgan, hayvonlar, oʻsimliklar va mikroorganizmlarning murakkab oqsillari, lipidlar, polisaxaridlar, glyukozalar va b. tarkibida uchraydi, koʻpgina gormonlar, antibiotiklar va b. biologik muhim moddalar tarkibiga kiradi. Aminoqandlardan glyukozamin va galaktozaminlar keng tarqalgan. Koʻp Aminoqandlar sintetik usulda olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x