ALTUNIN Stepan Titovich

ALTUNIN Stepan Titovich (1904.20.7, Rossiya, Samara viloyati Klyavlin tumani — 1959.14.12, Toshkent) — injenergidrotexnik, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1956), texnika fanlari d-ri (1948), prof. (1949), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1949). Moskva suv xoʻjaligi injenerlari in-tini tugatgan (1931). Oʻrta Osiyo irrigatsiya i. t. in-tida katta ilmiy xodim va daryolar oqimini tartibga solish guruhi rahbari (1934—42). Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligida katta injener va i. ch. tadqiqotlari guruhi rahbari (1944 — 46). Oʻzbekiston FA Inshootlar va qurilish materiallari in-tining gidrotexnika sektori rahbari (1946 — 56). 1956-y. dan Oʻzbekiston FA Suv muammolari va gidrotexnika in-tida lab. rahbari. Manbalardan suv olish boʻyicha yangi konstruksiyalar yaratdi va uni joriy qildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x