ALBENIS

ALBENIS (Albeniz) Isaak Manuel Fransisko (1860.29.5, Kamprodon, Katoloniya — 1909.18.5, Kambo-le-Ben, Fransiya) — ispan kompozitori va pianinochisi. Yangi ispan musiqasining asoschisi. Barselona, Bryussel, Budapesht, Madridda taʼlim olgan. Albenisning ispan musiqa folkloriga murojaati ijodida tub burilish yasadi. Fortepiano uchun yaratgan asarlari kompozitorning nodir merosidir. Bu asarlarda xalq ashula-raqs anʼanalari va mumtoz musiqa uygʻunlashtirilgan: fortepiano uchun «Ispan syuitasi» (1886), «Ispaniya» (1890), «Iberiya» (1905—09) va b. «Kataloniya» (1899) simfonik syuitasi, sarsuelalar («Muqaddas Antoniy», 1894 va b.), operalar («Genri Klifford», 1895 va b.), romanslar va b. yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x