ALOQA YOʻLDOSHI

ALOQA YOʻLDOSHI — qitʼalararo koʻp kanalli radiotelefon, fototelegraf, telegraf va televizion aloqalari oʻrnatish maqsadida uchirilgan kosmik aloqa yoʻldoshi. A. y. faol (aktiv) va suct (passiv) retranslyator boʻlishi mumkin. Aloqa uzoqligi yoʻldoshning Yer sathidan balandligiga, retranslyator koʻrsatkichlariga va aloqa oʻrnatishda tanlangan elektromagnit toʻlqinlar chastotasiga bogʻliq. Yer sathidan balandligiga qarab Aloqa yoʻldoshi past (500 km gacha), oʻrta (500—1500 km gacha) va yuqori (1500 km dan ortiq) orbitali boʻladi. Past va oʻrta orbitali Aloqa yoʻldoshi bir-biridan uzoqda joylashgan punktlarda bir vaqtda qisqa muddatgina koʻringanligi tufayli koʻpincha yuqori orbitali Aloqa yoʻldoshi tanlanadi. Global (boshqariladigan) aloqa tizimini kamida uch yoʻldosh yordamida oʻrnatish mumkin. Buning uchun yoʻldosh orbitasi Yer sathidan 3600 km balandlikda (uni muqim orbita deyiladi) va ekvatorga parallel boʻlishi kerak. Muqim orbitadagi yoʻldoshning Yer atrofida aylanish davri bir sutkaga teng boʻlganligidan u hamma vaqt biror joy tepasida muallaq turadi (rasmga q.). Yoʻldosh ufqqa nisbatan 10° dan ortiq balandlikka koʻtarilganda u orqali joylar orasida aloqa oʻrnatish mumkin. Shuning uchun aloqa davomiyligi orbitaga va joylarning geografik koordinatlariga bogʻliq. Geografik uzunliklari bir-biriga yaqin, geografik kengliklari turlicha boʻlgan punktlar orasidagi aloqa ekvatorial orbitadagi yoʻldosh yordamida amalga oshiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x