VOSIQOVA Mamlakat Sobirovna

VOSIQOVA Mamlakat Sobirovna (1924. 25. 12 – Toshkent – 1997.12.1) – huquqshunos olima, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist (1974). Yuridik fanlari d-ri (1978), prof. (1986). Toshkent yuridik in-tini tugatgan (1946). Oʻzbekistan Adliya vazirining oʻrinbosari (1952— 57), Oʻzbekistan Oliy Sudi raisining oʻrinbosari (1957—60). Oʻzbekiston Oliy Kengashi Prezidiumida yuridik boʻlim mudiri (1960—64), Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi huzuridagi yuridik komissiya raisi (1964—70). Oʻzbekiston Adliya vaziri (1970—84). 1984-y. dan Toshkent davlat iqtisodiyot un-tida huquq asoslari kafedrasi mudiri. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida koʻp jildli qonunlar toʻplami va qonunlar majmuasi (1984) hamda oʻzbek tilida fuqarolik, jinoyat, jinoyat-protsessual, nikoh va oila kodekslariga sharxlar tayyorlanib nashr etilgan. «Shuxrat» medali b-n taqdirlangan (1994).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x