ALDOL KONDENSATLANISH

ALDOL KONDENSATLANISH, aldol kondensatsiya — ikki molekula aldegidning oʻzaro birikib, tarkibida aldegid va alkogol guruhi boʻlgan moddalar, yaʼni aldollar hosil qilishi. Aldol kondensatlanish ilk bor 1872-y. da nemis kimyogari A. Vyurs tomonidan kashf qilingan. Ketonlar ham Aldol kondensatlanish reaksiyasiga oson kirishadi. Aldol kondensatlanish natijasida hosil boʻladigan aldegidspirtlar reaksiyaga juda tez kirishuvchan moddalar; oʻsimlik toʻqimalarida boʻladigan koʻpchilik jarayonlarni oʻrganishda ularning katta ahamiyati bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x