ALBUKERKE

ALBUKERKE — AKSH jan.gʻarbidagi shahar. Nyu-Meksika shtatida, Rio-Grandi daryosi boʻyida joylashgan. Aholisi 385 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 449 ming kishi). Xalqaro aeroport bor. Atom energetikasi tadqiqotlarining yirik markazi. Yadro qurollari takomillashtiriladi va ishlab chiqariladi. K – x. va konchilik (uran, rangli metallar) r-nining savdo-moliya markazi. Oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, un-tlar bor. Shaharga 1706-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x