AHOLIGA KRЕDIT AJRATISH BO‘YICHA YANGI QAROR.

AHOLIGA KRЕDIT AJRATISH BO‘YICHA YANGI QAROR.

📃Kecha 20.12.2021 yil kuni PQ–55-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

📃 Qarorga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik 14 foiz stavkada ajratiladi

🟢 Imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada: ⬇️

✅ Aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

✅ Chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

✅ Bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;

✅ “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga – 3 yilgacha hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18 oygacha ajratiladi;

❗️O‘z navbatida;

✅ Chorvachilik uchun kreditlar kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi;

✅ “Yetakchi” tadbirkorlarga dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.

❗️Kreditlar hokim yordamchisining tavsiyasi asosida ajratiladi;

✏️ Yana o‘sha gap ! Haqiqat yo‘o‘o‘q, ado qildi Mug‘anniy, gado qildi shu mani deb qorong‘ulikni yomonlayvergandan ko‘ra, bor imkoniyatlardan foydalanib shamni yoqishni harakatini qilish kerak…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x