BOLA PULI BO‘YICHA YANGI QAROR !!!

📃 BOLA PULI BO‘YICHA YANGI QAROR !!!
✅ Bola puli va moddiy yordam berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.
✅ Hukumat qarori (654-son, 21.10.2021 y.) bilan Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
📃 Nizomga ko‘ra, ishlovchi onalar (budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar bundan mustasno) bola 3 yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan har oylik nafaqani olish muddati tugaganidan so‘ng, bolalar nafaqasini olishi mumkin.
✅ Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar SONIDAN KЕLIB CHIQIB tayinlanadi.
✅ Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoki yagona bolasi 18 yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi. (Ya’ni endi 14 yoshgachalik nafaqa degan narsa yo‘qolib ketti va o‘rniga 18 yoshgacha beriladigan bo‘ldi)
✅ Moddiy yordam bolasiz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi.
✅ 2021 yil 1 sentabrdan – oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad 440 ming so‘mdan oshmaganda;
✅ 2022 yildan boshlab – oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari
miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. (Ya’ni 2022 yildan boshlab 440 ming o‘rniga «Minimal iste’mol» degan narsa paydo bo‘ladi va u bizni so‘mga nechpulga to‘g‘ri kelishi xozircha noma’lum)
❗️Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tegishli arizalarga asosan “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgandan so‘ng tayinlanadi.
✅ Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ariza beruvchi murojaat qilgan oyni keyingi oyidan boshlab to‘lanadi. (Bu degani dekabrda pul kerak bo‘lsa noyabrda harakat qiling degani)
Savol yuborish 👇
3.8 5 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x