AHMAD (MIRAK) MIRZO

AHMAD (MIRAK) MIRZO (1388 — 1425) — Temuriylardan. Umarshayx mirzo bahodirning ukasi. Amir Temurning Xitoyga qilgan yurishida qoʻshinning oʻng qanotiga Xapil Sulton bilan birgalikda rahbarlik qilgan. Amir Temur vafotidan soʻng Shohrux saroyida boʻlgan. 1409-y. Shohrux farmoniga koʻra amir Xudoydod va Saydi Ahmad mirzolar bilan birgalikda Hisor viloyatidagi isyonni bostirishda qatnashgan. 1409-y. Movarounnahr Shohrux qoʻliga oʻtgach, Fargʻona viloyati Ah. (M.) m. ga berilgan. U Fargʻonada obodonchilik ishlarini rivojlantirgan, istehkomlarni taʼmirlagan, shuningdek oʻz navkarlari bilan Shohruxning harbiy yurishlarida qatnashib turgan. 1413-y. Ulugʻbek harbiy kengash bahonasida AhDM.) m. ni Samarqandga taklif qilgan, biroq u Ulugʻbekning feʼlidan hadiksirab Samarqandga kelmagan. Shundan soʻng Ulugʻbek Andijonga qoʻshin tortib Andijon, Axsilarni egallaydi. Ah. (M.) m. togʻga yashiringan va Moʻgʻulistondan madad uchun kelgan lashkar bilan Andijonga yurish qilib Oʻsh atrofida Ulugʻbek amirlari ustidan gʻalaba qozonadi. Shundan soʻng Ah-(M.) m. Moʻgʻuliston xoni Muhammadxon huzuriga — Qashqarga ketgan. Shohrux 1415-y. 26-mayda Ah-(M.) m. ga maktub yoʻllab uni oʻz huzuriga chaqirtiradi. Ah. (M.) m. 1416-y. Qa-shqardan Hirotga qaytib kelgan, uni Hirotdan tashqariga chiqarmasdan nazorat ostida saqlaganlar. Saltanatni qoʻlga kiritish uchun tuzgan rejasi oshkor boʻlib qolgach, Ah-(M.) m. ni Mak-kaga, Kaʼbatullo ziyoratiga joʻnatishga farmon berilgan. Ah. (M) m. hajdan qaytib kelmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x