AHL as-SUNNA val-JAMOA

AHL as-SUNNA val-JAMOA («sunna va jamoa agʻli») — islom dini taʼlimotida ogʻishmay, toʻgʻri mafkurada sobit qadam boʻlib kelayotgan moʻmin-musulmonlar toifasining nomi. Muhammad (sav) bir hadisi shariflarida aytgan ekanlar: «Yahudiylar qavmi 71 firqaga, masihiylar qavmi 72 firqaga boʻlinib ketgan edilar. Mening qavmim (ummatim) esa 73 firqaga boʻlinib keturlar. Ulardan faqat bir toifasi mening va sahobalarim yoʻlidan yurib adashmay borurlar. Qolgan 72 firqasi ahli nor (doʻzaxiy)dirlar». Islom ulamolari shu hadisdagi bir toifani Ahl as-Sunna val-Jamoa deb nomlaganlar. Bu toifa yana «firqai nojiya», «ashʼariylar», «moturidiylar» deb ham nomlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x