“Agar seni tanqid qilib turuvchi topilmasa, koʻp hollarda muvaffaqiyatga erisholmaysan”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Toʻqnashuvlar sodir boʻlganda (ishonib yurgan odaming asl basharasini koʻrsatganda) siqilma. Agar oʻsha toʻqnashuv yuz bermaganda, uzoq muddat aldanib yurgan boʻlardik. Toʻgʻri, toʻqnashuvlar yurakni ezadigan narsalar boʻladi, lekin ular rost narsalardir.

Doktor Mustafo Mahmud

*****

Senga birovni chaqqan kimsa seni ham birovga chaqadi. Senga boshqalar haqida xabar keltirgan kimsa boshqalarga ham sen haqingda xabar olib boradi. Sendan rozi boʻlib turganda seni oʻzingda yoʻq fazilatlar bilan maqtaydigan kimsa sendan gʻazablanganda seni oʻzingda yoʻq illatlar bilan ayblaydi.

«Tarix muxrlagan soʻzlar»

*****

Agar seni tanqid qilib turuvchi topilmasa, koʻp hollarda sen muvaffaqiyatga erisholmaysan.

«Tarix muxrlagan soʻzlar»

*****

Agar Allohga duo qilmoqchi boʻlsang va vaqt ziq boʻlib, hojatlaring tiqilib ketgan boʻlsa, qiladigan duoingning hammasi Allohdan seni afv qilishini soʻrash boʻlsin! Chunki, agar Alloh seni afv qilsa, sen soʻramasang ham hojatlaring ravo boʻladi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Poraxoʻrlik keng tarqalgan davlatda istagan ishingni qila olasan.

Sulton Sulaymon Qonuniy

*****

“Puli koʻp odamning tashvishi boʻlmaydi. Shuning uchun faqat puldor insonlarning koʻngliga kulish, tabassum qilish sigʻadi”, degan gap notoʻgʻri.

Baxt pulning koʻpligida emas. Inson oʻzini baxtli his qilish uchun hamyonida yoki bankdagi hisob raqamida koʻp pul boʻlishi shartmas. Baxt – Allohning taqsimiga rozi boʻlishdadir.

*****

Albatta, Din aytiladigan soʻz va amal qilinadigan sulukdan iboratdir. Agar soʻz sulukdan ajrasa, uzilsa, aytilayotgan nasihat, qilinayotgan daʼvat zoye boʻladi.

Shayx Muhammad Mutavalliy Shaʼroviy

*****

Agar hayot senga tushkunlikka tushishing uchun bitta sabab keltirsa, sen hayotni davom ettirish uchun mingta sabab keltir. Yer yuzida inson irodasidan koʻra quvvatli narsa yoʻq.

«Tarix muxrlagan soʻzlar»

*****

Bu hayot sening xafaligingni aritish uchun toʻxtab turmaydi. Yo sinishingga qaramay yoʻlingda davom etasan yoki yiqilgan joyingda bir umr qolib ketasan.

«Tarix muxrlagan soʻzlar»

*****

Koʻpchilikka emas, Toʻgʻri Yoʻlga ergash!

«Tarix muxrlagan soʻzlar»

*****

Albatta, bu kunlar koʻp sabr va sukutni talab qiladi.

Shamsiddin Tabriziy rahimahulloh

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/agar-seni-tanqid-qilib-turuvchi-topilmasa-kop-hollarda-muvaffaqiyatga-erisholmaysan/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x