Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarning bir qator fikrlari ham berilgan.
- Hidoyat yoʻlini lozim tut! Unda yuruvchilarning ozligi senga zarar bermaydi. Zalolat yoʻlidan saqlan! Halok boʻluvchilarning koʻpligi seni aldab qoʻymasin.
Fuzayl bin Iyoz rahimahulloh
Ulugʻlarimiz tavsiyalari
Salafi solihlarimiz bir-birlariga quyidagi uch narsani tavsiya qilishardi:
- Kim oʻzi bilan Allohning orasidagi aloqani isloh qilsa, Alloh taolo u bilan insonlarning orasidagi aloqani isloh qilib qoʻyadi.
- Kim ichini isloh qilsa, Alloh taolo uning tashini isloh qilib qoʻyadi.
- Kim Oxirat ishiga koʻp eʼtibor bersa, Alloh taolo uning dunyo va Oxirat ishiga kifoya qiladi.
- Men musulmonman. Islom komil dindir. Lekin men komil inson emasman. Agar birorta xato qilsam, Islomni emas, meni malomat qilinglar.
Ahmad Diydot rahimahulloh
- Ey Alloh! Musulmonlarning ishini isloh qilgin! Soʻzlarini haq ustida jamlagin! Qalblarini ulfat qilgin! Ularni eng toʻgʻri yoʻlga yoʻllab qoʻygin!
https://saviya.uz/ijod/nasr/agar-birorta-xato-qilsam-islomni-emas-meni-malomat-qilinglar/