“Agar Alloh seni yaxshi koʻrsa, hech kim seni Undan koʻproq hargiz yaxshi koʻrolmaydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Agar Alloh seni yaxshi koʻrsa, hech kim seni Undan koʻproq hargiz yaxshi koʻrolmaydi.         

Agar Alloh senga biror narsa bersa, hech kim senga Undan koʻra karamli boʻlolmaydi.

Agar Alloh senga gʻazab qilsa, hech kim seni Uning azobidan hargiz qutqarolmaydi.

Allohdan oʻzga kim senga yordam beradi?! 

*****

Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini oʻrgansa, tavhid aqiydasini himoya qilish eng muhim masala ekanini yaqqol koʻradi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

*****

Dunyoning taʼrifi

Dunyoimiz faqatgina qonish imkoni boʻlmagan tashnalik, toʻyish imkoni boʻlmagan ochlik, rohatsiz mashaqqatdir. Dunyo, Iymon boʻlmasa, boʻsh, xarob, zulmat, halokat va foydasiz harakatdir.

Doktor Mustafo Mahmud

*****

Iymonimizni asraylik!

Qabriston ziyoratiga chiqqan odam Allohning Kalomini tilovat qilib, savobidan oʻtgan moʻminlarning ruhlarini bahramand qilishini Allohdan soʻraydi. Ibrat oladi, qabristondan qaytgach solih amallarni koʻpaytirishga harakat qiladi. Agar qabrda yotgan kishilardan farzand, boylik, uy-joy, mashina va hokazo yordamlarni soʻrasa, Allohga shirk keltirgan boʻladi, iymoniga futur yetadi. Alloh taolo shirkni kechirmaydi! Qabristonga borgan kishi qabrda yotganlar boshqalar u yoqda tursin, hatto oʻzlariga yordam berolmasliklarini, sajda qilgilari, sadaqa bergilari kelsa-da, shu ishlarni qilolmayotganliklarini va qilolmasliklarini anglab yetishi kerak!

*****

Tiling sababli…

Yuksalasan;

Hurmat qilinasan;

Tahqirlanasan.

Istaganingni tanla.

*****

Ey Alloh! Menga namozdan sustkashlik qilmaydigan va namozni kechiktirmay oʻqiydigan qalb ato et!

*****

Muhim duo

اللَّهُمَ حَبَّبْ إِلَيْنَا الْإِيمَانَ وَزَيِّنْهُ فِي قُلُوبِنَا، وَكَرِّهْ إِلَيْنَا الْكُفْرَ وَالْفُسُوقَ وَالْعِصْيَانَ، وَاجْعَلْنَا مِنَ الرَّاشِدِينَ

“Allohumma habbib ilaynal iyman va zayyinhu fiy qulubina va karrih ilaynal kufro val fusuqo val isyan vajʼalna minar roshidiyn”.

Ey Alloh! Iymonni bizga mahbub qilgin va uni qalblarimizda ziynatlagin va bizga kufrni, fisqni, isyonni yomon koʻrsatgin va bizni toʻgʻrilikda yuruvchilardan qilgin!

*****

Ey Robbim! Bandalaring tomonidan boʻlayotgan maqtovlar sababli bizni azoblamagin! Ular bilmagan barcha gunohlarimizni kechirgin!

https://saviya.uz/ijod/nasr/agar-alloh-seni-yaxshi-korsa-hech-kim-seni-undan-koproq-hargiz-yaxshi-korolmaydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x