Adashyapsiz, ukajon…

Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillarda Chustiy sheʼrlari omma orasida keng tarqalgan edi. Gʻazallari qoʻshiq qilib aytilar, koʻpgina baytlari odamlarga yod boʻlib ketgandi. Albatta, shoirning muxlislari orasida ayollar ham kam emas edi. Tabiiyki, bu hol tirnoq ostidan kir qidiruvchilarga shoirni ayblash uchun bahona boʻlgan edi. Bir kuni suhbat paytida kimdir Chustiyga hazillashdi:

– Domla, oʻsha paytda oʻzingiz ham anchagina xotinparast boʻlgan ekansiz-da!

– Adashyapsiz, ukajon, aksincha, xotinlar chustiyparast boʻlib ketgandi, – dedi hozirjavoblik bilan shoir.

 

Nosir MUHAMMAD

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/adashyapsiz-ukajon/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x