Abdurashid Yo’ldoshev — Yondirdi

Tovusdek tovlanarsan,
Ko’zimda yongan nursan, (x2)
Samolarni bo’ylagan
Xayolim kabi hursan. (x2)

Soching daryo to’lqini,
Tuta olmasman uni, (x2)
Kuydirdi jahonimni
Ishqning bitta uchquni.
Yondirdi jahonimni
Ishqning bitta uchquni.

Tovusdek tovlanarsan,
Ko’zimda yongan nursan, (x2)
Samolarni bo’ylagan
Xayolim kabi hursan. (x2)

Qushdek parvoz etarsan,
Olislarga ketarsan, (x2)
Necha zamon bo’ldikim
Holim so’rmay o’tarsan. (x2)

Soching daryo to’lqini,
Tuta olmasman uni, (x2)
Kuydirdi jahonimni
Ishqning bitta uchquni.
Yondirdi jahonimni
Ishqning bitta uchquni.

Tovusdek tovlanarsan,
Ko’zimda yongan nursan, (x2)
Samolarni bo’ylagan
Xayolim kabi hursan. (x2)

Nigohing ishq qissasi,
Topganim baxt hissasi, (x2)
Yuragimni kuydirar
G’uncha labingning aksi. (x2)

Soching daryo to’lqini,
Tuta olmasman uni, (x2)
Kuydirdi jahonimni
Ishqning bitta uchquni.
Yondirdi jahonimni
Ishqning bitta uchquni.

Tovusdek tovlanarsan,
Ko’zimda yongan nursan, (x2)
Samolarni bo’ylagan
Xayolim kabi hursan. (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x