Abdurashid Yo’ldoshev — Ayirmagin

Ayirmagin yorni mandan,
Ajab yog`du kelib qoldi.
Ayirmagin jonni mandan,
Ajab yog`du kelib qoldi.

Azob etma, man ham oshiq,
Intizor qalb to`lib qoldi. (x2)

Seni izlar ko`zim har on,
Qani to`lsa ko`ngil bog`i. (x2)
“Bas” demagin, har kunimning
Ma’nosi ishq bo`lib qoldi. (x2)

Xush tabassuming yoqib-yoqib,
Sirli-sirli boqib. (x2)
Ajib orzu dilga oqib,
Yurak ishqni olib qoldi. (x2)
Hay jon, faryod. {x2}

Boshimda ming iztiroblar,
Bu keng olam, bu jahon tor. (x2)
Dil orzusi nahot bekor,
Parvo qilmay kulib qoldi. (x2)

Seni izlar ko`zim har on,
Qani to`lsa ko`ngil bog`i. (x2)
“Bas” demagin, har kunimning
Ma’nosi ishq bo`lib qoldi. (x2)

Xush tabassuming yoqib-yoqib,
Sirli-sirli boqib. (x2)
Ajib orzu dilga oqib,
Yurak ishqni olib qoldi. (x2)
Hay jon, faryod. {x2}

Ayirmagin yorni mandan,
Ajab yog`du kelib qoldi.
Ayirmagin jonni mandan,
Ajab yog`du kelib qoldi.

Azob etma, man ham oshiq,
Intizor qalb to`lib qoldi. (x2)
Hay jon…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x