PILTA

PILTA — 1) chiviq kabi ingichka boʻrtma bezak yoʻl. Amaliy bezak sanʼati (miskarlik, doʻppidoʻzlik va b.)da keng qoʻllanadi. Jumladan, doʻppidoʻzlikda doʻppining tepa va kizak qavilmalari, yaktak, toʻnning yoqasiga max-sus sim (piltakach)lar yordamida qogʻoz yoki paxtani piliksimon tiqib boʻrtma hosil qilinadi. Pilta doʻppiga maʼlum shakl beradi, toʻn va yaktakning yoqasini qattiq qiladi. Miskarlikda qum-gʻon, choydish va b. ning yelka va qornidagi bezak nov ham Pilta deb ataladi;

2) paxta, jun, ipak, zigʻir tolalarini boʻshgina himarib, choʻzib, tekislab va toʻgʻrilab hosil qilinadigan toʻqimachilik mahsuloti (lenta); pilik olishdagi xom ashyo;

3) zaryadlarni oʻt oldirish uchun ishlatiladigan shnur; pilta miltiqda ishlatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x