MEXANIK VA FIZIK HIMOYA USULLARI

MEXANIK VA FIZIK HIMOYA USULLARI (oʻsimliklar himoyasida) — zararkunandalar, kasallik qoʻzgʻatuvchilar va begona oʻtlarga qarshi kurashda turli mexanik moslamalar hamda tashki muhitning fizik omillaridan foydalanish. Oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uygʻunlashtirilgan kurash tizimida muhim usullardan biri. Mexanik himoya usulida zararkunandalarning harakatlanishiga yoki oʻsimliklarning shikastlanishga toʻsqinlik qiluvchi turli xil choratadbirlar (daraxt poʻstlogʻini tozalash, uyalar va oʻsimlik … Читать далее

PROVIZOR

PROVIZOR (lot. provisor — tayyorlovchi) — oliy farmatsevtika maʼlumotiga ega dorixona xodimi. Provizor faoliyati dori moddalarni izlash, tayyorlash, tekshirish, saklash, berish, standartlash, shuningdek, ularga boʻlgan ehti-yojni aniklashdan iborat. Ular dorilar taʼsiri, qoʻllanish tartibi, organizmga moye kelish-kelmasligi, bir dori oʻrnini ikkinchisi bilan almashtirish mumkinligi xaqida koʻrsatmalar beradi. Oʻzbekistonda Provizorlar Toshkent farmatsevtika in-tida tayyorlanadi. Пост Навигацияси

MALINA

MALINA, buldurgʻun (Rubus) — raʼnoguldoshlar oilasi rubus turkumiga mansub koʻp yillik chala butalar; rezavor meva. Malinaning 120 yovvoyi turi boʻlib, Yevrosiyoning moʻtadil va subtropik mintaqalarida keng tarqalgan. Malinaning madaniy navlari oddiy yoki qizil (R.idaeus), dagʻal tukli yoki amerika M. si (R.strigosus), gʻarbiy yoki maymunjonsimon Malina (R.occidentalis) va b. turlari uchraydi. Oʻrta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq … Читать далее

MUHAMMAD ibn HUSAYN

MUHAMMAD ibn HUSAYN Mirakiy Samarqandiy (16-a.) — xattot. U nastaʼliq xatida koʻchirgan Ali ibn Husayn al-Ansoriyning dorishu-noslikka oid «Ixtiyoroti Badiyʼiy» (Badiyʼiyga bagʻishlangan saylanmalar», 1541, OʻzFA SHI, inv. №1598) asarini koʻchirgan. Bu qoʻlyozma nihoyatda chiroyli bezalgan, unga 602 rasm ishlangan; ularda dori sifatida ishlatiladigan giyoh, daraxt va jonivorlar tasvirlangan. Nemis olimi K. Brokkelmanning taʼkidlashicha, Muhammad ibn … Читать далее

MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

METALLORGANIK BIRIKMALAR

METALLORGANIK BIRIKMALAR — molekulasida metall — uglerod bogʻi boʻlgan organik birikmalar. «Metallorganik birikmalar» termini maʼlum darajada shartli. Sianidlar, karbidlar, baʼzi hollarda metallar karbonillari ham (Me—S bogʻi tutgan boʻlsa ham) anorganik birikmalar hisoblanadi. Bor, fosfor, kremniy, margimush va b. metallmaslarning organik birikmalari ham Metallorganik birikmalar jumlasiga kiradi. Shuning uchun keyingi vaqtlarda «elementoorganik birikmalar» degan umumiy nom … Читать далее

MASKA

MASKA (frans. masque, ital. machera soʻzidan) — 1) niqob; 2) jasad yuzidan gips va b. materiallar yordamida olingan quyma. Koʻpgina qad. xalqlarda koʻmilgan jasad yuziga oltin va b. quymasidan Maska kiygizilgan; 3) tibbiyotda narkoz berish, fizioterapevtik muolaja qilish yoki aseptika maqsadida bemor yuziga qoʻyiladigan maxsus moslama yoki doka; 4) kosmetikala davo yoki terini parvarish qilish … Читать далее

MIKSTURA

MIKSTURA (lot. mixtura — aralashma) — suyuq dori shakli; bir necha xil dorilarning biror suyuklikda eritilgan yoki choʻkmaydigan aralashma holiga keltirilgani. Mikstura tarkibiga nastoykalar, qaynatma, ekstraktlar, emulsiya, eruvchan va erimaydigan poroshoklar kirishi mumkin. Ichiladi. Пост Навигацияси

METILAMIN

METILAMIN, monometilamin, CH3NH2 — oddiy alifatik amin; oʻtkir ammiak hidli gaz. 0,005% li konsentratsiyada ham hidi seziladi. Mol. m. 31,06. Suyuklanish t-rasi — 93,46°, qaynash t-rasi — 6,32°, zichligi 682,8 kg/ m3. Suvda, etanolda va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Kuchli asos, birlamchi aminlarga xos xususiyatlarga ega. M. Goffmanreaksiyalari yordamida sintez qilinadi. Insektitsidlar, erituvchilar, sirt … Читать далее

KIMYOTERAPIYA

KIMYOTERAPIYA, kimyoviy usul bilan davolash — xavfli oʻsmalarga qarshi taʼsir etish xususiyatiga ega dori vositalari bilan davolash. Bu usul bundan 50 yil avval olimlar tomonidan kashf etilgan; unda azotipritning baʼzi farmakologik moddalari tez oʻsuvchi hujayralarga taʼsir etishi va qon i. ch. aʼzolarining xavfli oʻsmasida qoʻllash mumkinligi bayon etilgan. Keyinchalik shu asosda Kimyoterapiyada qoʻllaniladigan dorilar ishlab … Читать далее