PESIN Yakov Yefimovich (1914.31.3, Belorussiyaning Bixov sh. — 1998.30.6, Toshkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Yuridik fanlari dri (1972), prof. (1974). Moskva yuridik in-tini tugatgan (1939). Toshkent yuridik in-tida katta oʻqituvchi, kafedra mudiri, direktor oʻrinbosari, dekan (1949-y. dan). Ilmiy ishlari oila huquqi, fuqarolik protsessi masalalariga bagʻishlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые