SITOTOMIYA

SITOTOMIYA (sito… va yun. tome — ayirish, kesish) , sitokinez — mitoz yoki meyoz telofazasida ona hujayraning ikki qizlik hujayraga ajralishi. Koʻpchilik oʻsimlik hujayralarida Sitotomiya sitoplazma oʻrtasida toʻsiq shakllanishi orqali sodir boʻladi. Toʻsiq asta-sekin yon tomonga oʻsib, hujayrani teng ikkiga ajratadi. Hayvon va ayrim oʻsimlik hujayralarida Sitotomiya hujayra belbogʻi hrsil boʻladi. Baʼzi organlar (mas, jigar, yirik bezlar) hujayralarida Sitotomiya sodir boʻlmas-ligi tufayli ikki yadroli hujayralar vujudga keladi. Koʻndalangtargʻil muskullarning koʻp yadroli hujayralari — simplastlar xuddi shu yoʻl bilan hosil boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x