SIRKONIY QOTISHMALARI

SIRKONIY QOTISHMALARIsirkoniy asosidagi qotishmalar. Sirkoniyni baʼzi elementlar (niobiy Nb, qalay Sn, temir Fe, xrom Cr, nikel Ni, mis Si va alyuminiy Mr) bilan legirlab olinadi. Bu elementlar Sirkoniy qotishmalari tarkibida 2—3% ni tashkil qiladi. Sirkoniy qotishmalariga legirlovchi elementlar qoʻshilganda uning puxtaligi ortadi, lekin plastikligi kamayadi. Mas, sirkoniyning mustahkamlik chegarasi sb=800—1000 MN/m2 (80—100 kG/mm2), nisbiy uzay-ishi a=3—5% boʻlgan qotishmalari maʼlum. Sirkoniy qotishmalarining 0,5—1% qalay, 0,2% temir, 0,3% nikel va qolgani sirkoniydan iborat boʻlgan turi sirkalloy, 0,3% qalay, 0,1% nikel, 0,1% niobiy va qolgani sirkoniydan iborat boʻlgani ojennit deb ataladi. Sirkoniyning suyuqlanish t-rasi yuqori (1852°) boʻlishiga qaramay, baʼzi Sirkoniy qotishmalari uncha issiqbardosh boʻlmaydi va amalda 400° dan yuqori boʻlmagan bugʻsuvli muhitlarda ishlatish uchun yaraydi. Sirkoniy qotishmalari yadro energetikasida, kimyoviy apparatlar tayyorlashda, jarroxlik va b. sohalarda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x