GUMID IQLIM (lot. humidus — namlik) — yogʻingarchilik miqdori bugʻlanishdan ortiq boʻlgan, namlik tuproqqa shimiladigan, ortiqcha suv ariqlar, daryolar tarzida chiqib ketadigan nam iqlim. G. i. oʻrmon oʻsimliklarining rivojlanishi uchun juda qulay. Gumid iqlim quyidagilarga farqlanadi:
1) abadiy muzlik mavjud boʻlgan, grunt suviga toʻyinish manbai boʻlmagan qutbiy Gumid iqlim ; 2) yogʻinlar tuproqqa qisman shimiladigan, grunt suvi mavjud boʻlgan va grunt suviga toʻyinish manbaiga ega freatik Gumid iqlim