GULOʻYIN

«GULOʻYIN» — oʻzbek mumtoz raqsining Fargʻona maktabiga mansub «Katta oʻiin» turkumidagi ayollar raqssyuitasi. U asosan ashula joʻrligida, professional yallachi va havaskorlar tomonidan ijro etilgan. Ayniqsa Qoʻqonda keng tarqalgan. Syuitaning mazmuni lirik xarakterda boʻlib, ruhiy kechinmalar ifodalangan. «Guloʻyin» dastlab firoq azobi, sogʻinishni, soʻngra kuchli iroda, dadillikni ifodalaydi, shodlik va quvnoq hayotni ulugʻlaydi. «Guloʻyin» turlaridan birida ijrochining qoʻl harakatlari gul (gulsapsar, lola, binafsha)ning ochilish paytini ifodalaydi. «G» maxsus milliy kiyimda ijro etiladi. «Guloʻyin», «Guloʻyin yallamasi», «Guloʻyin jilvoni» kabi usullari boʻlib, ular mazmuni, ijro usuli bilan bir-biridan farq qiladi. 1927-y. Usta Olim Komilov va Tamaraxonim «Guloʻyin»ning ritmoplastik usulidagi zamonaviy, ommaviy va doira zarblari ostida tushiladigan yakka sahna raqslarini yaratdilar. Bu raqslarda oʻzbek ayolining iffat ila yoʻgʻrilgan goʻzalligi ulugʻlanadi. «Guloʻyin» raqsi yangicha talqin va kostyumda «Farhod va Shirin» (Xurshid asari; kompozitorlar V. Uspenskiy, Guloʻyin Mushel) musiqali dramasiga kiritilgan va 1937-y. Moskvada boʻlib oʻtgan birinchi oʻzbek sanʼati va adabiyoti dekadasida namoyish etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x