ELEMENT (lot. — dastlabki, boshlangʻich modda, materiya) — 1) yadro zaryadi hamda atom qobigʻidagi elektronlar soni bir xil boʻlgan atomlar turi (q. Kimyoviy elementlar); 2) bir butunni tashkil etgan murakkab narsa yoki hodisaning tarkibiy qismi; 3) biror ijtimoiy guruhga mansub kishi, shaxs, unsur (mas, reaksion Elementlar); 4) kimyoviy reaksiya hisobiga elektr toki hosil qiladigan tok manbai (mas, galvanik element).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые