MASHINASHUNOSLIK

MASHINASHUNOSLIK — mashinalarni yaratish, ulardan samarali foydalanishga doyr nazariy bilimlar va amaliy tavsiyanomalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; mashinalarning qaysi tarmoqlarga oidligi va qanday vazifani bajarishidan katʼiy nazar mashinasozlikning umumiy masalalari va muammolari boʻyicha i. t. ishlari majmuini qamrab oladi. Mashinashunoslik fan va texnika taraqkiyoti asosini tashkil qiladigan fanlardan biri. Asosiy boʻlimlari: materialshunoslik, mashina va mexanizmlar nazariyasi, mashinalar dinamikasi va mustahkamligi (mashina qismlarining dinamikasi va mustahkamligi va koʻtarish xususiyatlarini oʻrganadi, q. Mashina detallari, Materiallar qarshiligi), ishqalanish va yeyilish nazariyasi (mashina qismlarining oʻzaro taʼsirlashuvi va shaklini oʻzgartirishi, foydali ish koeffitsiyentini oshirish va xizmat muddatini uzaytirish masalalari bilan shugʻullanadi), mashinasozlik tex-nologiyasi, mashinalarni avtomatik boshqarish nazariyasi.

Avtomatika, eromexanika, biomexanika, gidromexanika, gaz dinamikasi, termodinamika, issiklik texnikasi (teplotexnika), kosmik mexanika, elektrotexnika, fizikaviy kimyo, texnikaviy diagnostika va b. soha hamda tarmoqlarning rivojlanishi Mashinashunoslik taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi.

Xalq xoʻjaligining turli sohalari va tarmoqlarida Mashinashunoslikning ahamiyati katta. Mashinashunoslik turli sohalar uchun avtomatik mashinalar va qurilmalar, vakuumda yuqori reaksiya va b. omillar taʼsirida ishlaydigan mashinalar yaratishda Mashinashunoslikning nazariy va amaliy tavsiyalari qoʻl kelmoqda. Mashinashunoslik taraqqiyoti turli bilim sohalarida koʻpgina muammolarni hal qilishga imkon bermoqda.

Mashinashunoslik tarixi juda qadimga borib taqaladi. Arximednkpt daryodan suv chiqarish gʻoyasi (q. Arximed vin-ti), Leonardo da Vinchi tuzgan nazariy loyiha (samolyotning nazariy jihatdan qushga qiyos qilinishi), Ahmad al-Fargʻoniynnt ilmiytexnik jihatdan mukammal suv sathini oʻlchash inshooti, Beruniynnng gidrotexnikaga doyr nazariy gʻoyalari Mashinashunoslik fani kurtaklari hisoblanadi. Vaqt oʻtishi bilan Mashinashunoslik borgan sari rivojlanib, hozirgi darajaga yetgan.

Rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Fransiya, Angliya, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va b.)da Mashinashunoslik taraqqiyotiga katta ahamiyat beriladi. Oʻzbekistonda ham Mashinashunoslik yetakchi fanlar jumlasiga kiradi. Bu yerda Mashinashunoslikga doyr i. t. ishlari deyarli barcha texnika oliy oʻquv yurtlari va un-tlarida, i. t. in-tlarida va, asosan, Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi in-ti, «Kibernetika» i. ch. birlashmasida, Energetika va avtomatika in-tida olib borilmoqda.

Uzbekistonda Mashinashunoslik taraqqiyoti X. A. Raxmatullin, M. T. Oʻrozboyev, V. Q. Qobulov, H. H. Oʻsmonxoʻjayev, A. D. Glushchenko, O. V. Lebedev va b. olimlar nomi b-n bogʻliq.

Koʻrqmas Inogʻomov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x