DO`STLARGA ULASHING:
💊Levetiratsetam tabletka — epilepsiyaga qarshi vosita
💊Analogi — keppra va komviron tabletkalari.
#Levetiratsetam tabletka
#Леветирацетам таблетка
💊Dori shakli : tabletka
💊Tarkibi : 👇
Levetiratsetam digidroxlorid moddasi
💊Ta’siriga ko’ra 👇
Sudorgiga ( xalq orasida sudirgi deydi ) qarshi vosita, ya’ni epilepsiya , tutqanoq kasalligida qabul qilinadi.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Epilepsiya kasalligida qo’llaniladi , 16 yoshdan boshlab epilepsiyani davolash maqsadida
— Sudirgi , ya’ni epilepsiya kasalligida 12 yoshdan boshlab buyuriladi.
— Yuvenil ya’ni yoshlik davridagi epilepsiyada qo’llaniladi.
💊QO’LLASH USULI 👇
Sutkada yarim ( 0,5 yoki 1 tabletkadan 2 mahal qabul qilish mumkin .
Lekin epilepsiyaga qarshi vositalarni nevropatolog maslahatisiz qabul qilmang. Kasallik holati va epilepsiya xuruji takrorlanish kuni va soniga qarab shifokor o’zi qabul qilish dozasini belgilaydi.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Uyquchanlik , bosh og’rig’i va bosh aylanishi kuzatiladi
— Ko’ngil aynish , qusish va diareya kuzatilishi mumkin.
— Teri toshmalari
❌QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMA 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Qariyalarda jigar va buyrak kasalliklarining juda og’ir holatlarida mumkin emas.
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
💥Preparatni yosh bolalarda ham qo’llasa bo’ladi. Faqatgina shifokor o’zi dozalab berishi kerak.
💥Homiladorlik davrida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Rossiya , Xindiston