AKRIL YELIMLAR — akril va metakril kislotalarning hosilalari asosida polifunksional birikmalar (poliefirakrilat) qoʻshish yoʻli bilan olinadigan polimer yelimlar. Ular yuqori t-rada erimaydigan va yumshamaydigan termoreaktiv yelimlar boʻlib, organik shisha, dyuralyuminiy, poʻlat, shisha, tekstolit va fanerlarni yelimlashda qoʻllaniladi. 2-sianmetilakrilat asosida tayyorlangan Akril yelimlar yogʻoch, shisha, metall, rezina, charm, qogʻoz, chinni va plastmassani xona t-rasida bir necha oʻn sekundda mustahkam yopishtirish xususiyatiga ega.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые