AKS SADO

AKS SADO — tovushning biror toʻsiqqa urilib undan qaytishi. Aks sado tovush chiqqan paytdan kamida 0,05 — 0,06 s keyin kelsagina eshitiladi. Aks sado tabiatda togʻli, oʻrmonzor yoki stadion singari joylarda koʻproq roʻy beradi. Radio A. s. radiolokatsiyada, tovush Aks sado esa gidrolokatsiya va ultratovush defektoskopiyada qoʻllaniladi. Dengizlar chuqurligini aniqlash (exolot) va suv tagidagi jismlarning oʻrnini belgilash Aks sado sta asoslangan. Aks sado ayrim hayvonlar, mas, koʻrshapalaklar uchun oʻz yoʻnalishlarini aniqlash, toʻsiqlarni aylanib oʻtish hamda oʻziga yemak qidirib topishda muhim oʻrin egallaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x