VULKANOLOGIYA

VULKANOLOGIYAdinamik geologiyaning boʻlimlaridan biri. Vulkanlarning vujudga kelish jarayonlari va sabablari, tuzilishi va otilib chiqqan jinslar tarkibi, yer yuzida joylanish qonuniyatlarini oʻrganadi. Vulkanologiyaning amaliy maqsadi vulkan otilishini oldindan aytish metodlarini ishlab chiqish, vulkan jinslari (issiq suv, bugʻ va h. k.) dan xoʻjalikda foydalanishdan iborat. Vulkanologiyaga oid dastlabki maʼlumotlar mil. av. 1 – ming yillik oʻrtalariga toʻgʻri keladi. 1842-y. da Vezuviy vulkani yon bagʻrida maxsus ilmiy muassasa — vulkanologik rasadxona tashkil qilindi. Vulkanologiya boshqa fanlar (geol., geotektonika, geofizika, fizika, kimyo, petrologiya va geokimyo) bilan uzviy bogʻliq. Shu bilimlar yutuqlaridan foydalanib Vulkanologiya geol. fanlarining nazariy masalalarini (vulkan energiyasining manbalari, magma evolyutsiyasi sharoitlari, Yer poʻstila chuqur va magma oʻchoqlarining joylashishi, vulkanizmning Yer poʻstini hosil boʻlishidagi roli) hal etishda ishtirok etadi. Vulkanologiyaning paleovulkanologiya sohasi qad. vulkanlarni oʻrganadi. Vulkanologiya sohasidagi i. t. lar RF (Petropavlovsk-Kamchatsk vulkanologiya in-ti, Saxalin vulkanologiya lab.), Oʻzbekiston, Armaniston, Gruziya ilmiy tadqiqot in-tlarida bajarilmoqda. Rossiya FAning «Kamchatka vulkanologiya stansiyasi» (1935-y. da tashkil qilingan) dunyoda eng yirik tadqiqot markazlaridan biridir. Vulkanologiyani rus olimlaridan F. Yu. Levinson-Lessing, A. N. Zavariskiy, amerikalik Makdonald, fransiyalik G. Taziyev, shveysariyalik Ritman va b. rivojlantirdilar. Vulkanologiya sohasidagi maʼlumotlar jahonda vulkanologiya va seysmologiyaga tegishli jur. larda, «Oʻzbekiston geologiya jurnali» va b. jur. larda nashr etiladi. Vulkanologiya sohasidagi tadqiqotlarni Vulkanologiya va Yer qaʼri kimyosi Xalqaro assotsiatsiyasi (1967-y. dan) muvofiqlashtirib turadi. Ushbu tashkilot rahnamoligida dunyo vulkanlari xaritasi nashr qilingan (1979).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x