AYOLLAR KONSULTATSIYASI — ayollar kasalliklarining oldini olish va davolash muassasasi. Unda ayollarga, ayniqsa, homiladorlikda, «chilla» davrida va turli ginekologik kasalliklarda malakali yordam koʻrsatiladi hamda tegishli maslahatlar beriladi. Ayollar konsultatsiyasining asosiy vazifasi homiladorlarni muntazam kuzatib borish, homiladorlikda uchraydigan turli toksikoz kasalliklarining oldini olish va davolash, chala va ulik tugʻishning oldini olish, homiladorlarni tugʻishga psixoprofilaktik yoʻl bilan tayyorlash kabilardir. Ayollar konsultatsiyasi ayollar oʻrtasida sanitariya maorifi ishlarini ham olib boradi. Ayollar konsultatsiyasida akusher-ginekolog, terapevt, stomatolog, venerolog, yurist va b. mutaxassislar xizmat qiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые