Yaponlarning uzoq umur ko’rish sababi

Ginnes rekordlari kitobiga kirgan, 2018- yildagi dunyoning eng qari inson 117 yoshida vafot etdi. U yapon ayoli edi. Qizig’i shundaki, uzoq umur ko’radiganlar orasida aksari yaponlar bo’ladi. keling buni sababini ko’rib chiqamiz.

7. Yaponlar o’z tanasini ularga vaqtinchalik berilgan ne’mat deb biladilar. Ular uni umr davomida imkon qadar avaylab asrab yaxshi holatda «qaytarish kerak» ligiga kuchli ishonadilar. Natijada o’z salomatligi va tana holatiga kuchli e’tibor qaratadilar.  

6. Dieta. Albatta dengiz mahsulotlarini hayvon go’shtidan afzal ko’rish, guruch yeyish va dengiz o’tlaridan ko’p iste’mol qilish o’z natijasini beradi. Undan tashqari yaponlar ko’p ovqat yegandan ko’ra kamroq va kalloriyasi pastroq ovqatlarni xush ko’radilar.

5. Harakat. Yaponiyaga borgan har bir sayyohning ko’chada tez-tez yurib ketayotgan qariyalarga ko’zi tushadi. Ular et-betga shoshayotgan bo’lmaydi, ular tez yurish jismoniy mashg’ulotini bajarayotgan bo’ladi. Yaponlarning fikricha, tez-tez yurish organizm uchun juda foydali.

4. Tibbiyotga ishonish. Yaponlar shifokor aytgan narsani bekamuko’st bajarishga odatlangan. Dori-vositasi bo’lsin, muolaja bo’lsin barchasini vaqtida aytilgandek bajarish ular uchun qonun.

3. Tozalikka rioya qilish. Yaponlar kabi tozalikka rioya qiladigan halqni topish juda qiyin. Ular uchun yuvilmagan soch yoki kir qo’llar umuman mumkin bo’lmagan narsalardir. 

2. Qarichilik gashti. Yaponlarda qarichilikka alohida ahamiyat beriladi. Qari bo’lish u yerda sharaf. Qariyalar eng katta hurmatga sazovor. Qariyalar yoshiga yetish eng katta maqsad. Misol uchun Rossiyada qari bo’lish uyat hisoblanadi.

1. Tibbiyot rivojlanishi. Yaponiya hukumati tibbiyot rivojlanishiga juda katta mablag’ sarflaydi. Undan tashqari yaponlar boshqa millat egalariga nisbatan shifokorga ko’proq murojaat qiladi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x