QOZOQOV

QOZOQOV Ortiqali (1960.27.10, Pop tumani Sang qishlogʻi) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1985). Qozoqov ijodida milliylik va zamonaviylik ruhi hamohang; avangard yoʻnalishdagi asarlari bilan tanilgan rassom asarlarida bezak yechimi, xalq anʼanalari, milliy udumlar sharqona talqin etiladi. Asarlari: «Bizning hovli» (1983), «41-yil olmalari» (1985), «Yomgʻirdan soʻng» (1990), «Bo-lalik bahori» (1992), «Ikki dugona» (1992), «Sukunat» (1993), «Sevishganlar» (1993), «Sharq kelinchagi» (1994), «Bibixonim» (1994), «Sohibqiron ruhi» (1996), «Buyuk ipak yoʻli boʻylab» (1996), «Koʻk tuya» (1997), «Koʻhna navo» (2000), «Onalik osmoni» (2002), «Baxt karvoni» (2003) va b. ; Q., shuningdek, portretlar («Avtoportret», 1983; «Saroymulkxonim». 1996, 2005; «Ka-moliddin Behzod», 1997), natyurmortlar («Natyurmort», 1995; «Navroʻz natyurmorti», 1995; «Nastarin». 1996; «Oq gullar», 1997; «Limonli natyurmort, 2003), manzaralar («Angren atrofi», 2002; «Qamchiq dovonida bahor», 2004) va b. asarlar muallifi hamdir.

Qozoqov asarlari bilan respublika va xal-qaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi. Asarlari respublika va xorijiy (AQSH, Franiiya, Italiya, Ispaniya, Belgiya, Shveysariya, Yaponiya, Turkiya, Koreya va b.) mamlakatlar galereya. muzey va xususiy toʻplamlarida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x