Qancha tez bo’lsa shuncha yaxshi. O’sish jarayonida sochlarimiz faol o’sish fazasidan o’tadi, u 8 yilgacha davom etishi mumkin (buni tinchlik davri deyish ham mumkin). Bu vaqtda sochlar ildizdan oziqlanmaydi va umuman unga bog’liq bo’lmaydi. Tinchlik davri ikki oydan besh oygacha davom etishi mumkin va bu vaqt ichida sochlar sezilarli darajada o’zgaradi. Xujayralarni ajralishi sekinlashadi, soch ildizi soch follikulasidan ajraladi, soch bosh terisining yuqorisiga ko’tarilib, to’kiladi. Uning o’rniga ushbu follikuladan yangi soch o’sadi va faol o’sish fazasiga kirishadi. Tinchlik davrida me’yoriy hisobda 15% soch bo’lar ekan. Patologik soch to’kilishi natijasida ularning miqdori 25% gacha va undan ortiq ko’tariladi. Shuning uchun maxsus ta’sir ko’rsatuvchi preparatlarni sochlarning turg’unlik davridan ko’proq vaqt qabul qilish maqsadga muvofiq — 5 oydan ko’proq. Bunday davomli davolashdan asosiy maqsad – turg’unlik davrini to’xtatib, faol o’sish bosqichini yo’lga qo’yish. Chunki yangi o’sib chiqayotgan soch chiqmasidan turib etarli muolaja olinishi shart. Faqat shu holatdagina davolash samarali bo’lishiga aniq ishonish mumkin.
Sochlar mustaxkamligi. 5-6 ta lavr yaprog’ini bir litr suvga solib 20 daqiqa qaynatib so’ng dokadan o’tkazib olinadi. Bu damlama bilan soch chayilsa sochlar sog’lom va mustaxkam bo’ladi.
Bananli niqob. Ezilgan bananga 1 osh qoshiq suyuq asal qo’shing. Sochingizni yuvgach niqobni 20 daqiqaga surib qo’ying. Boshingizga polietilen shapka kiyib ustidan paxmoq sochiq o’rang. So’ng sochlarni iliq suvda yaxshillab yuving. Ushbu muolajani 2 hafta davomida har kecha qo’llash tavsiya etiladi.
Sochim to’kilmasin desangiz. Kuzda 70 dan 120 gacha soch tolasi to’kilishi kuzatiladi. Sochning o’ziga muolaja qilishdan avval taomnomangizga soch ildizlarini mustahkamlovchi moddalarni qo’shish lozim. Yog’ kislotasiga to’yinmagan ovqatlar sochlarga yaxshi ta’sir qiladi. U zaytun yog’i, zaytun, kungaboqar, qovoq urug’i, baliq, sabzavot va mevalarda bor. Kuzda sochlarni biroz kestirish kerak. Shunda soch piyozchalari kaltaroq sochni tutib turishda qiynalmaydi.
loading…