Hayotingizni osonlashtiradigan maslahatlar

Ovqat sho’r bo’lib ketsa

Bilasizmi?

Sho’rvani sho’r qilib yubordingizmi?

 Yoki ziravorlarni juda ko’p solib yubordingizmi?
 Maqolada pazandalik xatolarini tuzatib, buzilgan taomlar «hayotini saqlab qolish»yo’llaridan xabar topasiz.
Ovqat juda sho’r bo’lib ketsa…Ovqatning tuzi o’ta ko’p bo’lib, ketsa, ta’mni muvozanatlashtirishga harakat qilish kerak. 
Masalan, bunday holat salat bilan sodir bo’lsa,tuzlanmagan masalliqlarni qo’shish kerak bo’ladi, shuning hisobiga salatning tuzi kamayadi. 
Sho’rvaga esa u nimadan tayyorlanayotganiga qarab, suv, kokos suti yoki qaymoq qo’shishingiz mumkin.
 Bundan tashqari, limon suvi, sirka yoki bir qoshiq shakar ham tuz ta’mini kamaytiradi.

Qalampir ko’p bo’lib ketsa…

Аchchiq ta’mni neytrallashtiruvchi eng yaxshi vosita — sut. 

Qalampirda kapsaitsin bo’ladi, aynan shu alkaloid achchiq ta’m bilan ta’minlaydi.
 Sut tarkibidagi kazein esa uning ta’sirini kamaytirishda yordam beradi. 
Shuningdek, achchiq ta’mni yong’oq yog’i ham bostiradi. 
Аmmo uni qo’shishdan oldin u taomning boshqa masalliqlariga mutanosib ekanligiga ishonch hosil qiling.

Xamir juda suyuq yoki quyuq bo’lib ketsa…

Xamir qorishda ba’zan keragidan ortiqcha suyuq yoki qattiq bo’lib ketishi mumkin. 
Suyuq xamirga un qo’shish orqali vaziyatni tuzatish mumkin. Аmmo qattiq xamirda bu biroz qiyinroq bo’ladi: uni biroz miqdordagi sovuq suvni asta-sekinlik bilan qo’shish orqali o’zimiz istagan holatga keltirsa bo’ladi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x