JIZZAX PEDAGOGIKA INSTITUTI, Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika in-ti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1974-y. tashkil etilgan. 1989-y. Abdulla Qodiriy nomi berilgan. In-tda 8 f-t (oʻzbek tili va adabiyoti, tarix va xuquq, ped., xorijiy tillar, fizika, mat., kimyo-biol., kasb taʼlimi, jismoniy tarbiya), 5 boʻlim (musiqa, ped.-psixologiya, geogr., qozoq, sirtqi), 36 kafedra, 31 oʻquv va amaliy lab., ustaxona, tajriba i. ch. maydoni, profilaktoriy va sport sogʻlomlashtirish muassasalari bor (2002). In-t qoshida iqtidorli bolalar gimnaziyasi va akademik litsey mavjud. In-t oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, ped. va boshlangʻich taʼlim uslubi, kimyo-ekologiya, biol., mat.-informatika, fizika-astronomiya, kasb taʼlimi, tarix, huquqshunoslik, musiqa-ped., geogr., jismoniy tarbiya, huquq va maʼnaviyat asoslari, maktabgacha taʼlim, tasviriy sanʼat, ped.psixologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 2001/2002 oʻquv yili in-tda 3573 talaba taʼlim oldi, 295 prof.-oʻqituvchi, jumladan 14 fan d-ri va prof., 122 fan nomzodi va dotsent ishladi. 2002-y. gacha in-tda 6 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые