NAURU

NAURU (Nauru), Nauru Respublikasi (Republik of Nauru) — Tinch okeanning jan.-gʻarbiy qismidagi Nauru o. da joylashgan davlat. Mayd. 21 km2. Aholisi 12,3 ming kishi (2002), Ras-miy poytaxti yoʻq. Hukumat qarorgohi Meneng okrugida, hukumat binosi va parlament — Yaren okrugida. Maʼmuriy jihatdan 8 okrug (district)ra boʻlinadi.

Nauru — Buyuk Britaniya Hamdoʻstligi tarkibidagi respublika. 1968-y. gi konstitutsiya amal qiladi. Davlat va hukumat boshligi — prezident. U parlament aʼzolari orasidan 3 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni aholi tomonidan 3 y. muddatga saylanadigan va 18 aʼzodan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi; uning vazirlari parlament aʼzolaridan boʻladi.

Nauru o. tektonik harakat natijasida suv ostida koʻtarilgan atoll boʻlib, unda halqasimon marjon qoyalari koʻtarmalari saqlangan. Yer yuzasi — plato (eng baland joyi 65 m). Platoning chetlaridagi kambar (eni 200 m gacha) sohil — terrasasimon. Iklimi issiq; oylik oʻrtacha t-ra 28°, yillik yogʻin 2500 mm. Doimiy oqar suvlari yoʻq. Ichimlik suv chetdan keltiriladi. Oʻsimligi qattiq bargli daraxt va bu-talardan iborat. Dengiz qushlari va hasharot koʻp.

Aholisining 60% mahalliy nauru (po-lineziyalik)lar, qolgan qismi — Oke-aniyaning boshqa orollaridan kelganlar, xitoylar, filippinlar va yevropaliklar. Rasmiy tillari — nauru va ingliz tillari. Dindorlarning 60% — protestant, qolganlari — katolik va b.

Orolga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1798-y. da ingliz dengizchisi J. Fern kelgan, 1830-y. lardan savdogarlar, marvarid qidiruvchilar koʻchib kela boshlagan. 1888-y. da Germaniya orolni bosib olib, uni oʻzining Marshall o. lari protektoratiga qoʻshdi. 1898-y. da Nauruda boy fosforit koni topildi. 1914-y. da orolni Avstraliya qoʻshinlari egalladi. 1919-y. da N. Millatlar Ligasining mandatli hududi sifatida Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga birgalikda boshqarish uchun beriddi. 1942-y. da Nauruni yaponlar bosib oldi. 1947-y. da BMT ning vasiyligidagi Nauru oroli yana Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya boshqaruviga oʻtdi. 1940—50 y. larda mamlakatda mustaqillik harakati kuchaydi. 1951-y. da qabila boshliklari kengashi (1927-y. tuzilgan) asosida Nauru mahalliy boshqaruv kengashi tashkil etildi. 1966-y. da tuzilgan Qonun chiqaruvchi va Ijroiya kengashlari mahal-liy boshqaruv sohasida haqiqiy huquqlar oldi. Nihoyat, 1968-y. da Nauru mustaqil davlat — N. Respublikasi deb eʼlon qilindi. Nauru — 1999-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 yanv. — Mustaqillik kuni (1968).

Nauruda yagona partiya — N. demokratik partiyasi mavjud, u 1987-y. da tuzilgan. Mamlakat kasaba uyushma birlashmasi Nauru ishchi tashkiloti deb ataladi (1974-y. da asos solingan).

Iqtisodiyotining asosini fosforit qazib olish va eksport qilish tashkil etadi (yiliga 2 mln. tonna). Tropik oʻsimliklar, asosan, kokos palmasi oʻstiriladi, sabzovot va mevalar ham yetishtiriladi. Baliq ovlash va hunarmandchilik rivojlangan. Chetga, asosan, fosforit va kopra chiqariladi, chetdan oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashina va kon uskunalari, yonil-gʻi, uyroʻzgʻor asboblari keltiriladi. Sohil boʻylab 19 km tosh yoʻl qurilgan. Fosforit koni bilan port oraligʻidagi t. y. uzunligi — 6 km. Tashqi savdodagi mijozlari: Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya. Pul birligi — Avstraliya dollari.

Nauru maktablarida 2200 kishi taʼlim oladi. 1000 ga yaqin kishi chet ellarda oʻqiydi. Xukumatga qarashli «Bulletin» gaz. ingliz va nauru tillarida haftada 1-marta chiqadi. Nauru radioeshittirish xizmati (1968-y. dan) va Nauru televideniyesi (1991-y. dan) ishlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x