NEYRON

NEYRON, nevron (neyro… ) nerv qujayrasi, Nerv sistemasining asosiy strukturaviy va funksional birligi, kalta dendritlar va uzun aksondan iborat (sxema). Hayvon xujayrasiga xos organizmlardan tashqari, Neyron sitoplazma (neyroplazma)sida neyrofibrillalar (tigroid mod-da) boʻladi. Sezuvchi, koʻshuvchi va effektor Neyron farq qilinadi. Neyron nerv impulslarini retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga (sezuvchi Neyron), markaziy nerv sistemasidan ijrochi aʼzolarga (harakatlanuvchi Neyron) oʻtkazadi, boshqa bir qancha nerv hujayralarini oʻzaro biriktiradi (qoʻshuvchi Neyron) N. lar oʻzaro va ijrochi aʼzolar hujayralari b-n sinapslar orqali aloqada boʻladi. Bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi, miyacha, markaziy nerv sistemasining boshqa baʼzi boʻlimlari neyroni murakkab tuzilgan. Neyronlar oʻlchami va soni turli hayvonlar va odamda turlicha.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x