IVANOVSKIY Boris Andreyevich

IVANOVSKIY Boris Andreyevich (1912, Tomsk — 1943.30.9, Zaporojye viloyati) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Namangan sh. da yashagan va ishlagan. 1941-y. avg. dan armiyada. 1942-y. okt. dan frontda. 1942-y. Toshkent harbiy piyodalar bilim yurtini tugatgan. 311-gvardiyachi oʻqchi polki (Jan. front 44-armiyaning 108-gvardiyachi oʻqchi divi-ziyasi) batalyon komandirining oʻrin-bosari. Ivanovskiy dushman mudofaasini yorib oʻtib, jang qilgan, ogʻir yaralanib, granata bilan oʻzini dushman tanki ostiga tashlagan. 1943-y. 1 noyab. da (vafotidan soʻng) Kaxramon unvoni berilgan. Namangan sh. da uning byusti xamda yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x