QUBCHUR — uy hayvonlari uchun olingan soliq turi. 1235-y. Oʻqtoy qoon tomonidan joriy qilingan. Qubchurga binoan 100 bosh jonivordan biri saltanatga soliq tarzida topshirilgan. Kimning uy hayvonlari soni yuzdan kam boʻlsa, u Q. ga tortilmagan. Dastlab Q, asosan, chorvadorlarga nisbatan qoʻllangan. Keyinchalik u oʻtroq aholidan ham undi-rilgan. Kichik Osiyoda q. faqat chorvachilik bilan mashgʻul aholi qatlamidan olingan. Elxoniylar davlatida chorva-dorlar ham, dehqonlar ham Qubchurga tortilgan. q. arablar tomonidan joriy etilgan xirojga muvofiq kelgan. Elxoniylar saltanatida moʻgʻullar va koʻchmanchi aholi koʻp istiqomat qiladigan oʻrinlarda Q, va qad. soliqturlari mustahkam mavqega ega boʻlgan hududlarda xiroj atamasi isteʼmolda boʻlgan. Oltin Oʻrda va Oʻrta Osiyo xonliklarida 100 bosh jonivordan 1% miqdorda davlat hisobiga olinadigan soliq q. istilohi bilan yuritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые