MALAXIT [roH.malache — malva (gul-xayri bargining rangidan)] — karbonatlar sinfiga mansub mineral, Cu[CO3] (ON)2 tarkibli. Qattikligi 3,5—4. Zichligi 4,0 g/sm5. Qoʻshimchalaridan koʻproq Zn maʼlum, shuningdek, SaO, SiO2, GʻyeO3 va b. Monoklin sin-goniyada kristallanadi. Kristallari (ignasimon yoki prizmatik qiyofada) kam uchraydi. Yaltirokdigi ipaksimon, olmossimon yoki shishasimon. Mis konlarining oksidlanish zonasida hrsil boʻladi. Oʻzbekistonda Olmaliqsa, RF (Ural), Qozogʻiston (Shaqpaqti), Zambiya, AQSH va b. joylarda uchraydi. Malaxitning tuproksimon massalari («malaxit yashili») boʻyoq uchun xom ashyo. Odatda, kurtak koʻrinishidagi oqiq poʻstloq, stalaktitsimon agregatlar, radial tolali strukturaga ega boʻlgan takrorlanuvchi yoʻl-yoʻl. Rangi oqyashil, baʼzan qoʻngʻiryashil. Malaxitning kurtaksimon massalari rangining oʻzgarib borishi kesmada va jilolangan yuzada nihoyatda chiroyli boʻlganligi uchun qoplama bezak tosh sifatida va buyumlar tayyorlashda juda qadimdan qoʻllaniladi. Ermitajda (Sankt-Peterburg) Malaxitdan ishlangan 200 dan ziyod buyum saqlanadi. Dala sharoitida mis rudalarini qidirishda koʻpincha indikator.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые