YUMGʻON

YUMGʻON — oʻrta asrlarda Badaxshonning jan.-sharqida joylashgan tarixiy togʻli tuman va shahar nomi. 7-a. Xitoy manbalarida (Syuan Szan) Inpokyen mulki sifatida qayd etilgan. «Yumgʻon» atamasi «qama kon», yaʼni «hamma yeri kon» maʼnosini anglatgan, chunki ushbu togʻli tumanda turli-tuman katta konlar mavjud boʻlgan. Mahmud ibn Valining yozishicha, qadimda Yumgʻon butun Badaxshonning poytaxti boʻlgan. B. A. Ahmedovning fikricha, bu shahar hoz. Fayzobod oʻrnida boʻlib, Juzun deb ham atalgan. Baʼzi manbalarga koʻra, mil. 861—862-y. larda Yumgʻon dagi qattiq zilzila natijasida shahar vayron etilgan. Biroq tez orada shahar tiklanib, 17-a. da mustahkam shahar sifatida maʼlum boʻlgan. Taxm. 1059—63 y. larda mashhur shoir Nosir Xisrav Balxdan Yumgʻonga qochib kelgan va umrining oxirigacha shu yerda yashagan. U bu yerda koʻplab ajoyib binolar, gʻaroyib inshootlar, jumladan, zamonasining moʻjizasi hisoblangan katta hammom qurdirgan, biroq 17-a. da hammom saqlanib qolmagandi. Nosir Xisrav vafotidan soʻng Yumgʻon yaqiniga dafn etilgan. 9—10-a. larda, Somoniylar davrida Yumgʻonda zarbxona boʻlib, kumush dirhamlar zarb qilingan.

Ad.: Ahmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristona po yaraboyazыchnыm istochnikam IX – nachala XIII vv., T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x