XOTIRA VA QADRLASH MAYDONI

XOTIRA VA QADRLASH MAYDONIToshkent sh. dagi meʼmoriy majmua; 1999-y. Oʻzbekiston Respublikam Prezidenta Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida barpo etilgan. Mustaqillik maydonilaya shim. dagi xiyobonda, mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan boʻlib, maydon kengligini davom ettirib turadi. Maydonning toʻriga Motamsaro ona haykali oʻrnatilgan (haykaltarosh I. Jabborov). Xiyobonning uz. 60 m, uning shim. va jan. tomonida ayvonlar qad koʻtargan, ayvonlar tokchalariga oʻrnatilgan metall taxtalarga 2-jahon urushida halok boʻlgan oʻzbekistonlik barcha jangchilarning ismsharifi bitilgan. Ayvonlar milliy anʼanaviy meʼmorlik uslubida ustunli, vassajuftli qilib qurilgan. Majmuani bunyod etishda va oʻymakorlik bilan jozibador bezashda respublikadagi mohir ustalar: A. A6dullayev (Qoʻqon), X. Bogʻbekov (Xorazm), H. Odilov, S. Rahmatullayev (Toshkent), h1. Sohibnazarov (Samarkand), Y. Toʻlaganov (Andijon) shogirdlari bilan birgalikda qatnashgan (xuddi shunday meʼmoriy inshootlar respublika viloyatlarining markazlarida ham bunyod etilgan).

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x