URALSK

URALSK (1775-y. gacha Yoyiq shaqarchasi) — shahar, Qozogʻiston Respublikasi Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati markazi. Ural daryosi boʻyidagi pristan. T. y. stansiyasi. Aholisi 189,1 ming kishi (2002).

16-a. oxirida Oreshnoye urochishchesi (maskani)da Yoyik, kazaklari tomonidan Yoyiq shaharchasi istehkomi barpo qilindi. Noʻgʻay tatarlari tomonidan vayron qilinganidan keyin u 1613-y. da Yoщ (Ural) daryosining quyi qismiga 50 km pastga hoz. oʻrniga koʻchirildi. Yoyiq kazaklari Stepan Razin (1670—71), Yemelyan Pugachyov (1773 — 75) raqbarligidagi Krestyanlar urushida qatnashdilar. Yoyiq shaharchasi shu davrda Krestyanlar urushi markazi boʻlgan. Shu bois, Ye. Pugachyov katl qilinganidan keyin (1775) istehkomshaharcha nomi Yekaterina II farmoni bilan Uralsk deb oʻzgartirildi va shaharcha Astraxon gubernyasi tarkibiga kiritildi.

1868-y. dan shahar yangidan tashkil qilingan Ural viloyati markazi boʻldi. Oʻsha davrda shahar aholisi, asosan, hunarmandchilik, savdo, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullangan. 1894y. da Ryazan — Ural t. y. ning oʻtkazilishi Kaspiy boʻyi dashtlarida yirik savdo markazining vujudga kelishiga omil boʻldi. 1912-y. da Uralskda 100 dan ziyod mayda sanoat korxonasi, 300 hunarmand bor edi.

Uralskda mashinasozlik va metallsozlik (mashinasozlik, armatura, mexanika, qurilishsozlash asbobuskunalari, priborsozlik, kema taʼmirlash, kemasozlik, «Metallist» va b. z-dlar), oziq-ovqat (goʻshtkonserva, baliq, unyorma ktlari, qandolatchilik f-kasi, likyoraraq, pivo, moy z-dlari) va yengil (moʻyna kti, koʻn va koʻn poyabzal z-dlari, tikuvchilik, kigiz bosish f-kalari) sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari i. ch. korxonalari (devor materiallari z-di va b.), mebel f-kasi, issiklik elektr markazi ishlab turibdi. 2 oliy oʻquv yurti, teatr, tarixiyoʻlkashunoslik muzeyi, Ye. M. Pugachyov uymuzeyi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x